O‘zbek-tojik chegarasi bo‘yicha bayonnoma imzolandi
Hozirda o‘zaro kelishilgan takliflar tayyorlangan.

Dushanbeda O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda chegaralarni demarkatsiya qilish ishlari muhokama qilindi va O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘i bo‘yicha o‘zaro kelishilgan takliflar tayyorlandi.
Navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.







