Tojikistonda sel sabab 3 kishi halok bo‘ldi
Tabiiy ofat mamlakat poytaxtiga ham yetib borgan.

Tojikistonda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 4-5 may kunlari kuchli yog‘ingarchilik natijasida respublikaning Xatlon va So‘g‘d viloyatlari, shuningdek, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida kuchli yomg‘ir, sel va daryolarda suv sathining ko‘tarilishi qayd etilgan.
Tabiiy ofat nafaqat qishloqlarni, balki shaharlarni, jumladan, respublika poytaxtini ham qamrab oldi. Xususan, Somoniy va Rudakiy viloyatlarida vaziyat yomonlashgani haqida maʼlumotlar bor. Xarangon va Varzob daryolarida suv sathi ko‘tarilib, qirg‘oqlarni taxminan 50 metr masofada yuvib ketgani xabar qilingan.







