Xorazmda tarbiyachi bolaning qo‘liga igna tiqib jazoladi
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Gurlan tumanida bog‘cha tarbiyachi bolani kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.
Aniqlanishicha, videodagi holat 2023 yilning noyabr oyida Gurlan tumani, 23-sonli bog‘chada sodir etilgan. Ushbu bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlovchi F.S. bog‘cha tarbiyalanuvchilari M.X., T.Sh. ning go‘yoki bir-biri bilan urishganligi vaji bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan va bolalar yuziga bir necha bor tarsaki tushirgan. Bu holat videotasvirga tushgan.
Shuningdek, bolaning qo‘liga igna tiqish harakatini aniqlash yuzasidan hozirda voqea yuzasidan Gurlan tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







