O'zbekiston

Yana bir o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan festivalda “Uzum taʼmi” nomli film “Eng yaxshi qisqa metrajli film” deb topildi.

Yana bir o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Turkiyaning Izmir shahrida 2–3 may kunlari Turon xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan Eldor Qudratillayev “Dunyo va men” hamda Dmitriy Lebedev “Uzum taʼmi” nomli qisqa metrajli filmlari bilan ishtirok etdi.

 

Tanlov yakuniga ko‘ra, Dmitriy Lebedevning “Uzum taʼmi” nomli filmi “Eng yaxshi qisqa metrajli film” deb topildi. Shuningdek, Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov “Kino sanʼatiga qo‘shgan hissasi uchun” mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Festivalda turkiy xalqlar kino ijodkorlari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya, Eron, Ozarbayjon va Fransiya, Vengriyadan nomzodlar qatnashdi.

 

Maʼlumot uchun, “Uzum taʼmi” filmida rollarni taniqli aktyor Farhod Mahmudov nomidagi kinoustaxona aktyorlari Dilyor Fozilov va Roziya Raimqulova ijro etgan. Senariy hammuallifi va rejissyor yordamchisi BDKI Toshkent filiali talabasi Aleksandr Amelin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yana bir o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi | Zamon.uz