Bolalarni ommaviy tadbirlarga jalb qilish taqiqlandi
Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi rahbari topshiriq berdi.

Qirg‘izistonda bolalarni ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun jalb qilish taqiqlandi. Bu Vazirlar mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov tomonidan berilgan.
Mazkur qaror Jalolobod viloyati Suzoq tumanidagi tadbirda bolalarni yuk mashina urib yuborganidan so‘ng qabul qilindi. Hodisa 2 may kuni kuzatilgandi, oqibatda 32 nafar bola jarohatlangan. Ularning aksariyati kasalxonaga yotqizilgan.
Voqeadan keyin 10 nafar bola davolanish uchun maxsus samolyotda Bishkekka olib kelingan. Yuk mashina boshqaruvida haydovchi bo‘lmagan. Uning egasi qamoqqa olingan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







