Endi kontraktdagi talaba yaxshi o‘qisa, grantga o‘tkaziladi
Bu haqda Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
Yaʼni grantga kirgan talaba yaxshi o‘qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o‘qisa, keyingi yili grantga o‘tishi mumkin. Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy taʼlim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.
Davlat rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini taʼkidladi.







