Navoiyda “Sudya” filmi namoyish etildi
Ayni paytda viloyatda “Kinokarvon” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Navoiyda boʻlib oʻtayotgan “Kinokarvon” tadbirlari doirasida Uchquduq tuman yoshlar markazida ijodiy uchrashuv hamda “Sudya” filmi namoyishi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, harbiylar, ularning oila aʼzolari va talaba yoshlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida ijodiy jamoa Navoiyning Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahridagi madaniyat markazlarida aholi bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazdi va milliy filmlar namoyishi boʻlib oʻtdi.
Kinematografiya agentligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Kinokarvon” bundan oldin Fargʻona, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida boʻldi. Aksiya butun respublika boʻylab oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, qolgan viloyatlarda ham ijodiy safarlarini davom ettirishi koʻzda tutilgan.







