Saudiya shahzodasiga suiqasd uyushtirilgani aytilmoqda
Hodisa Jidda shahrida sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabar tarqalmoqda.
Voqea lavhalari aks etgan videolar ommaviy sahifalarda chop etildi. Ammo mamlakat rasmiylari bu ma’lumotni hali tasdiqlaganicha yo‘q.
Hodisa Jidda shahrida sodir bo‘lgan. Saudiya qirollik gvardiyasi karvonidagi mashinalardan biri portlatib yuborilgan. Xavfsizlik xodimlari halok bo'ldi. Shahzodaning o‘zi jabrlanmagan.







