Surxondaryoda sel sabab yuzlab qo‘ylar nobud bo‘ldi
Hozirda ular dezinfeksiya qilinib ko‘milgan.

Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida bir gala qo‘ylar jasadini yuk mashinasidan chuqurlikka to‘kilgani aks etgan video tarqalgandi.
Maʼlum bo‘lishicha, Joriy yilning 29-30 aprel, 1 may kunlari yog‘ingarchilik oqibatida Sherobod tumanining "Bog‘iobod" mahallasi hududiga kuchli sel kelishi natijasida qo‘radagi 360 bosh qo‘y nobud bo‘lgan.
Murojaatda ko‘rsatilgan hudud viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, nobud bo‘lgan qo‘ylardan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun dezinfeksiya qilinib ko‘milgan.







