UzAutoMotors 4500 ta Lacetti avtomobillarini sotuvga chiqarmoqda
Shartnoma tuzish ertaga boshlanadi.

8-may kuni soat 10:00 da 4 500 dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochilishi rejalashtirilgan. Barcha avtomobillar olib ketish imkoniyati bilan shartnoma tuzish uchun mavjud boʻladi.
Shuningdek, Damas va Labo avtomobillari uchun ham shartnoma tuzish mumkin. Avtomobillar narxi o'zgarishsiz qoladi.
Bundan tashqari, UzAuto Motors avtozavodi yaqin kunlarda Chevrolet Cobalt avtomobilini yangilangan modifikatsiyada ishlab chiqarishni boshlaydi. Unda eksteryerning qisman restaylingi mavjud bo‘ladi. Yangilangan avtomobillardagi o‘zgarishlar va kontraktatsiya vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.
Chevrolet Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.







