O'zbekiston

Buxorolik erkak sinfdosh do‘stini o‘ldirib qo‘ydi

Viloyat IIB voqea sababini maʼlum qildi.

Buxorolik erkak sinfdosh do‘stini o‘ldirib qo‘ydi

Buxoro viloyati Kogon tumanida bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

 

Maʼlum qilinishicha, 15 yanvar kuni Kogon tumanining “Bahovuddin Naqshband” mahallasida yashovchi fuqaro tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, akasi X.A. 7 yanvar kuni taxminan soat 19:30 larda yashash uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganini bildirgan.

 

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida tezkor tergov guruhi tuzilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi. O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida huquq-tartibot organlarida bu voqelikda qotillik alomatlari mavjud, degan taxmin paydo bo‘ladi. 

 

Shu sababli Kogon tumani prokuraturasi tomonidan 20 yanvar kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlandi. 7 yanvar kunidan 24 yanvar kuniga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida bedarak yo‘qolgan fuqaroni topish maqsadida viloyat hamda tuman prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi va hududiy ichki ishlar organlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa taalluqli idoralarning tajribali xodimlaridan tuzilgan tezkor tergov guruhlari tomonidan bir qator tezkor surishtiruv, qidiruv hamda tergov harakatlari olib borildi.

 

Qidiruv surishtiruv ishlarining 17-kunida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati va Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu holatda haqiqatan ham qotillik jinoyati sodir etilgani o‘z tasdig‘ini topdi. Jinoyatni sodir qilgan gumondor shaxs ham aniqlandi.

 

Ushbu qotillikni sodir qilgan shaxs bir necha marotaba sudlangan, jabrlanuvchining yon qo‘shnisi, bir maktabda o‘qigan sinfdosh do‘sti bo‘lib, spirtli ichimlik taʼsirida o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida o‘z do‘stini urib, do‘pposlashi natijasida o‘ldirib qo‘ygan.

 

Ayblanuvchining aybi uning ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish, tergov harakati hamda guvohlarning ko‘rsatmalariga asosan to‘liq isbotlanib, jinoyat ishi yuzasidan to‘plangan hujjatlar jazoning muqarrarligini taʼminlash uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudiga yuborildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Buxorolik erkak sinfdosh do‘stini o‘ldirib qo‘ydi | Zamon.uz