O'zbekiston

Toshkentda talaba Isroil elchixonasini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

U Falastindagi kasalxonalar bombardimon qilinganligidan taʼsirlanib, shu ishga qo‘l urgan.

Toshkentda talaba Isroil elchixonasini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Talaba ijtimoiy tarmoq orqali Isroil tomonidan Falastindagi kasalxonalar bombardimon qilinganligi, oqibatda juda ko‘p musulmonlar va ayniqsa yosh bolalar o‘lganligi haqidagi videoni ko‘rib, undan taʼsirlanib, Isroil davlatiga nisbatan musulmonlar uchun o‘ch olish maqsadida Isroil davlatining O‘zbekistondagi elchixonasiga o‘t qo‘yishni rejalashtirgan.

 

Sudlanuvchi o‘tgan yilning 19 oktyabr kuni soat 04:30 atrofida o‘ziga tegishli bo‘lgan sport sumkasiga bir dona 0,45 gramm hajmli yonuvchi “kerosin” suyuqligi solingan shisha idish, gantel sport anjomining uch dona ajratilgan toshlari, ikki quti gugurt va mato bo‘laklarini joylab, Isroil davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi binosi tomonga borgan. Shundan so‘ng shisha idish va gantel toshini devor ustidan elchixona hovlisi ichiga uloqtirishga erishgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra sudlanuvchi JKning 155-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topildi.

 

Unga nisbatan JKning 155-moddasi 1-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda talaba Isroil elchixonasini yoqib yubormoqchi bo‘ldi | Zamon.uz