Toshkentdagi mebel sexi yonib ketdi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Bugun, 8 may kuni soat 11:25 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Muxtor Ashrafir ko‘chasida Mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Ushbu yong‘in soat 13:00 da to‘liq o‘chirildi. Yong‘inni o‘chirishga jami 15 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi va 2 ta suv tashuvchi texnika jalb etildi.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.







