O'zbekiston

TURKSOY hamkorligida “Mulla Nasriddin” filmi yaratiladi

Renessans kino uyida kinoloyiha taqdimoti o‘tkazildi.

TURKSOY hamkorligida “Mulla Nasriddin” filmi yaratiladi

Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY hamkorligida yaratiladigan “Mulla Nasriddin” kinoloyihasining ozarbayjonlik kino vakillari tomonidan taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda Kinematografiya agentligi rahbariyati, Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bo‘lim boshlig‘i Rashad Azizov, ozarbayjonlik prodyuserlar Zaur Darabzoda va Azer Kuliyev, Ozarbayjon xalq artisti Vagif Mustafoyev hamda Agentlik huzuridagi Badiiy kengash aʼzolari ishtirok etdi.

 

 

O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlari kino ijodkorlari tomonidan yaratiladigan badiiy filmning ssenariy muallifi va rejissyori Vagif Mustafoyev. Ushbu filmning salkam yarim soati O‘zbekistonga bag‘ishlanadi. Suratga olish ishlarining asosiy manzillari xususan, Buxoro va Xivada bo‘lib o‘tadi. XVI Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida ushbu loyihaning suratga olish ishlariga start berilishi kelishib olindi.

 

 

Bundan tashqari, uchrashuvda Ozarbayjon bilan hamkorlikda suratga olinadigan o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda haqidagi kinoloyiha ham muhokama qilindi. Badiiy kengash aʼzolari tomonidan loyiha ijobiy maʼqullandi va ssenariy ustida ish boshlash shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjondan tomondan ijodiy guruhlar tashkil etish va biriktirish taklifi berildi. Tomonlar kelgusidagi madaniy aloqalarni yuqoridagi kabi loyihalar bilan mustahkamlash o‘rinli ekani taʼkidladi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Poytaxt havosida PM zarrachalari tarqalishi ortidan havo sifati yaxshilandi.

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

U fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Tadbirda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor mamlakatlar maxsus xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

9 oyda fuqarolardan qurilish sifati va obyektlarning kech topshirilishi yuzasidan 1 700 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

U xodim nomidan soxta profil yaratib, jarimalarni to‘lashga yordam berish bahonasida fuqarolardan pul olgan.

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Ularning telefonidan yana bir fuqaroni elektroshoker yordamida olib qochish rejasiga oid yozishmalar topilgan.