O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Aqaba jarayoni uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Shavkat Mirziyoyev dunyoda yangi tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Iordaniya Podshohi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu platforma tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

 

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari, shu jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning borishi muhokama qilindi.

 

So‘nggi yillarda o‘zaro tashrif va muloqotlar jadal tus olgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi, Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, Ishbilarmonlar kengashi ta’sis etildi.

 

Suhbat davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni jadallashtirishga kelishib olindi.

 

O‘zbekiston va Iordaniya yetakchilari bo‘lajak oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlar rejasi hamda kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Poytaxt havosida PM zarrachalari tarqalishi ortidan havo sifati yaxshilandi.

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

U fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Tadbirda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor mamlakatlar maxsus xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

9 oyda fuqarolardan qurilish sifati va obyektlarning kech topshirilishi yuzasidan 1 700 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

U xodim nomidan soxta profil yaratib, jarimalarni to‘lashga yordam berish bahonasida fuqarolardan pul olgan.

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Ularning telefonidan yana bir fuqaroni elektroshoker yordamida olib qochish rejasiga oid yozishmalar topilgan.

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholiga gaz va ko‘mir yetkazib berish ustidan nazorat kuchaytiriladi.