O'zbekiston

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Ularning telefonidan yana bir fuqaroni elektroshoker yordamida olib qochish rejasiga oid yozishmalar topilgan.

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

 

Toshkent shahrida buyurtma asosida odam o‘g‘irlashga urinishda gumonlangan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularning telefonlaridan yana bir fuqaroni majburan olib ketish rejasiga oid yozishmalar ham aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, IIV Tezkor-qidiruv departamentiga bir fuqaro murojaat qilib, noma’lum shaxslar uni avtomobilda olib qochganini bildirgan. Uning aytishicha, qat’iy qarshilik ko‘rsatishi natijasida u gumonlanuvchilar qo‘lidan qutulib qolgan.

 

Mazkur murojaat asosida IIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, hodisaga aloqadorlikda gumonlangan ikki kishi qo‘lga olingan. Ular 2003 va 1998-yillarda Toshkent shahrida tug‘ilgan, avval o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlangan shaxslar ekani ma’lum qilingan.

 

Gumonlanuvchilarga tegishli avtomobil yukxonasidan o‘tkir tig‘li bolta topilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, surishtiruv davomida ushlangan shaxslar ayblovlarni tan olgan. Ularning mobil telefonlari tekshirilganda, buyurtmachi bilan Telegram orqali olib borilgan yozishmalar aniqlangan.

 

Yozishmalarda gumonlanuvchilarga murojaatchini har qanday yo‘l bilan buyurtmachining oldiga olib borish topshirilgani qayd etilgan. Bundan tashqari, ular yana bir fuqaroni ham majburan olib kelishi kerak bo‘lgan. Buning uchun hatto uning bo‘yniga elektroshoker bilan zarba berib, hushidan ketkazish orqali olib ketish rejalashtirilgani yozishmalarda aks etgan.

 

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilar ikkinchi fuqaroni ishxonasi oldida qariyb to‘rt soat kutgan. Biroq uning xizmat safariga ketganini bilib, rejani boshqa kunga qoldirgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ish doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

U xodim nomidan soxta profil yaratib, jarimalarni to‘lashga yordam berish bahonasida fuqarolardan pul olgan.

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholiga gaz va ko‘mir yetkazib berish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Transport boshqarmasi  avtobuslarning harakat intervali nega buzilayotganiga izoh berdi.

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Ular bir fuqaroni majburan avtomashinaga o‘tqazib olib ketgan, shuningdek, yana bir kishini elektroshoker yordamida hushsizlantirib bo‘lsa ham olib kelish haqida topshiriq olgan.

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 5-6-noyabr kunlari Ostona shahrida bo‘ladi.

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Hodisada bir kishi jarohatlangan edi.

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Maskatda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.