O'zbekiston

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Poytaxt havosida PM zarrachalari tarqalishi ortidan havo sifati yaxshilandi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Toshkentda 6-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati yomonlashganidan so‘ng tonggi soatlarda vaziyat yaxshilandi. Milliy havo sifati indeksi bo‘yicha poytaxtda havo sifati “yashil” darajaga yetdi.

 

Ekologiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 5-noyabr kuni soat 20:00 dan boshlab xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha Toshkent havosi “nosog‘lom” darajaga tushgan. Yarim tundan keyin esa havo sifati yaxshilanib, tongda “o‘rtacha” darajada qayd etilgan. Milliy indeks bo‘yicha ko‘rsatkich yarim tungacha “sariq”, undan keyin esa “yashil” darajada bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, kechki soatlarda shamolning sustligi mahalliy va qo‘shni hududlarda hosil bo‘lgan atmosfera tashlamalari hamda PM zarrachalarining tarqalishiga to‘sqinlik qilgan. Natijada ifloslantiruvchi moddalar yer yuzasiga yaqin qatlamda to‘planib qolgan.

 

Yarim tundan keyin sharqdan iliq va quruq havo kirib kelishi, shamol tezligining oshishi va havo almashinuvi yaxshilanishi natijasida PM zarrachalari tarqalgan.

 

Ekologik monitoring milliy markazi mutaxassislari Toshkent shahri va Qibray tumanida havo sifati bo‘yicha instrumental o‘lchovlar ham o‘tkazgan.

 

Prognozlarga ko‘ra, 6-noyabr kuni Toshkentda havo sifati xalqaro AQI bo‘yicha asosan sezgir guruhlar uchun nosog‘lom, milliy indeks bo‘yicha esa asosan “yashil”, ayrim vaqtlarda “sariq” darajada bo‘lishi kutilmoqda.

 

Ayni paytda poytaxtda havo sifatini yaxshilashga qaratilgan nazorat va reyd tadbirlari davom ettirilmoqda. Ekologiya qo‘mitasi Ekopolitsiyasi tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida “N.H.P” MChJ faoliyati o‘rganilib, korxonada ekologik talablar buzilgani aniqlangan. 

 

Shuningdek, Toshkentdagi yana bir qurilish obyektida jiddiy ekologik qonunbuzarliklar qayd etilgan.

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

U fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Tadbirda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor mamlakatlar maxsus xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

9 oyda fuqarolardan qurilish sifati va obyektlarning kech topshirilishi yuzasidan 1 700 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

U xodim nomidan soxta profil yaratib, jarimalarni to‘lashga yordam berish bahonasida fuqarolardan pul olgan.

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Ularning telefonidan yana bir fuqaroni elektroshoker yordamida olib qochish rejasiga oid yozishmalar topilgan.

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholiga gaz va ko‘mir yetkazib berish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Transport boshqarmasi  avtobuslarning harakat intervali nega buzilayotganiga izoh berdi.

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Ular bir fuqaroni majburan avtomashinaga o‘tqazib olib ketgan, shuningdek, yana bir kishini elektroshoker yordamida hushsizlantirib bo‘lsa ham olib kelish haqida topshiriq olgan.