Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi
U fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.

Samarqand shahrida umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 400 dollar olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Samarqand shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda maktab direktori maktab direktori N .A. fuqaro Q .M. ni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








