O'zbekiston

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

U xodim nomidan soxta profil yaratib, jarimalarni to‘lashga yordam berish bahonasida fuqarolardan pul olgan.

Soxta YHXX xodimi pul undirdi: haydovchilarni chuv tushirgan o‘quvchi ushlandi

 

Samarqandda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi nomidan Telegram’da soxta akkaunt ochib, haydovchilardan firibgarlik yo‘li bilan pul undirgan voyaga yetmagan shaxs aniqlandi. U jarimalarni to‘lashga yordam berish bahonasida fuqarolardan bank kartalariga pul o‘tkazishni so‘ragan.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, o‘quvchi Samarqand viloyati YHXX axborot xizmati rahbari Xurshid Safarovning Instagram sahifasidagi suratidan foydalanib, uning nomidan soxta Telegram akkaunti yaratgan.

 

Shundan so‘ng haydovchilarga murojaat qilib, avtomobillarida to‘lanmagan jarimalar borligini aytgan va ularni to‘lashga yordam berishni taklif qilgan. Ayrim fuqarolar unga 50 ming va 100 ming so‘mdan pul o‘tkazgan. Biroq o‘quvchi mablag‘larni jarimalarni to‘lashga emas, o‘z ehtiyojlari uchun sarflagan.

 

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, voyaga yetmagan shaxs aniqlangan va ushlangan.

 

Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, uning boshqa shu kabi holatlarga aloqadorligi ham o‘rganilmoqda.

 

O‘quvchi o‘z qilmishidan pushaymonligini bildirib, Xurshid Safarov va fuqarolardan uzr so‘ragan. Uning otasi ham farzandining xatti-harakati uchun jamoatchilikdan kechirim so‘rab, bundan buyon uning tarbiyasi bilan o‘zi shug‘ullanishini aytgan.

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Buyurtma asosida odam o‘g‘irlash: Toshkentda ikki gumonlanuvchi ushlandi

Ularning telefonidan yana bir fuqaroni elektroshoker yordamida olib qochish rejasiga oid yozishmalar topilgan.

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Aholi uchun ajratilgan gazni talon-toroj qilish holati fosh etildi: gaz ta’minoti xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholiga gaz va ko‘mir yetkazib berish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Bekatlarda kutish vaqti uzaydi: Toshkentda avtobuslar nega kechikmoqda?

Transport boshqarmasi  avtobuslarning harakat intervali nega buzilayotganiga izoh berdi.

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Toshkentda odam o‘g‘irlashga urinish: ikki kishi ushlandi

Ular bir fuqaroni majburan avtomashinaga o‘tqazib olib ketgan, shuningdek, yana bir kishini elektroshoker yordamida hushsizlantirib bo‘lsa ham olib kelish haqida topshiriq olgan.

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 5-6-noyabr kunlari Ostona shahrida bo‘ladi.

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Hodisada bir kishi jarohatlangan edi.

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Maskatda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.