O'zbekiston

Yolg‘iz keksalar uchun mobil xizmatlar tashkil etiladi

Bu bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida hamkorlik qilinadi.

Yolg‘iz keksalar uchun mobil xizmatlar tashkil etiladi

Pekin shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Xitoy Fuqarolik ishlari vazirligi delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Agentlik direktori Mansurbek Olloyorov uchrashuv tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirib, Xitoy vazirligining ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasidagi saʼy-harakatlarini alohida taʼkidladi. U yolg‘iz keksalar uchun mobil xizmatlarini tashkil etish, mahalla darajasida xizmatlarni rivojlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikni boshlashni taklif qildi.

 

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab, bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish sohasida o‘zaro tajriba almashishdan manfaatdorligini bildirdi.

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Shuningdek, Xitoy tomoni 2025 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Ijtimoiy himoya: Barqaror rivojlanish va tenglik sari yo‘l” mavzusidagi Butunjahon konferensiyasida ishtirok etishga taklif etildi.

 

Bu hamkorlik har ikki mamlakat aholisining hayot sifatini yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yolg‘iz keksalar uchun mobil xizmatlar tashkil etiladi | Zamon.uz