11-may uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

11-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-15, kunduzi 19-21 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, kunduzi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.







