Salomatlik

Mushaklar zo‘riqishiga kalsiy yetishmasligi sababmi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Mushaklar zo‘riqishiga kalsiy yetishmasligi sababmi?

Bugun yer yuzi aholisining aksariyat qismi oyoq tomir tortishining u yoki bu turidan aziyat chekadi.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, qon-tomir kasalliklari, bo‘g‘imlarda tuz yig‘ilishi, revmatizm, venalarning varikoz kengayishi, skleroz, asab xastaliklarining rivojlanishi kabi bir nechta omillar tomir tortishishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

— Bu noxush holat beixtiyor yuz beradi va bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etishi mumkin, — deydi tibbiyot fanlari doktori Umida Rustamova. — Tasodifiy og‘riqlar mushaklar zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lib, organizmda minerallar, birinchi navbatda, qonda D vitamini va kalsiy miqdori kam bo‘lganda yuz beradi.

 

Shuningdek, mushaklar tonusining oshishi asab zo‘riqishi, kamharakatlik, muntazam o‘tirib ishlash, uzoq muddat tik oyoqda turish yoki suvda suzish, organizmning suvsizlanishi va turli kasalliklar bilan ham bog‘lanishi mumkin.

 

Odam o‘tirganda, yurganda tomiri tortishsa, bir qo‘l bilan oyoq panjasini yozib, boldir mushaklarini asta-sekin pastga tomon silash lozim.

 

Baʼzilar oyoq tomirida spazm yuzaga kelayotganini oldindan his etadi. Siz ham ular safida bo‘lsangiz, og‘riq qo‘zg‘alayotganini sezgan zahotingiz, oyoq mushaklarini bo‘shashtiring.

 

Shunda ham tomir tortishishi kelib chiqsa, o‘tirgan holda oyoq uchini o‘zingizga qaratib, 2-3 daqiqa ushlab turing. Yoki o‘rningizdan turib, asta harakatlaning. Imkoni bo‘lsa, pol ustida oyoqyalang yuring.

 

Agar oyoq og‘rib, tomir tortishishi takrorlanaversa, shifokor ko‘rigidan o‘tish lozim.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.