Toshkentda 20 yoshli yigit avariyaga uchradi
Lacetti yo‘lni ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilgan.

Kecha, 10-may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB maʼlum qildi.
Holat soat 23:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida yuz bergan. 20 yoshli haydovchi M.R. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi temir panjaraga urilgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda yo‘l transport hodisasi rasmiylashtirilgan.







