Namanganda 7 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan erkak qamaldi
Holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Avvalroq Namanganda 68 yoshli otaxon 7 yoshli qizga uyatsiz, buzuq harakatlar qilganligi va holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani xabar qilingandi.
Bolalar ombudsmanining maʼlum qilinishicha, joriy yilning 1 may kuni B.I.ning qilmishi JKning 119-moddasi 4-qismi bilan qayta malakalangan. Natijada u protsessual tartibda ushlanib, sudga kiritilgan iltimosnoma asosida sud tomonidan B.I.ga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.







