O'zbekiston

O‘zbekistonning narkotiklarga qarshi strategiyasi eʼtirof etildi

Bu bo‘yicha BMT vakillari o‘z fikrlarini bildirishdi.

O‘zbekistonning narkotiklarga qarshi strategiyasi eʼtirof etildi

BMT Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro kengashi kotibi (Avstriya) Mark Kolxon hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi direktor o‘rinbosari (Avstriya) Jan Lyuk Lemaye O‘zbekistonning 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan Narkotiklarga qarshi milliy strategiyasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.

 

Maʼlumki, 6 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakat genofondiga salbiy taʼsirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.  

 

Farmon bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 — 2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya qabul qilindi. Strategiyada ichki ishlar organlarini narkotesterlarbilan taʼminlash, jinoyatlarni aniqlashda dronlardan foydalanish, mutaxassislar tayyorlash hajmini 5 baravarga oshirish va boshqalar maqsad qilingan.

 

Shu kunlarda mazkur strategiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari tomonidan eʼtirof etilmoqda. Jumladan, BMT Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro kengashi kotibi Mark Kolxon ushbu strategiya giyohvandlikka qarshi kurash sohasida «muhim qadam» deb atadi.

 

"Narkotiklarga qarshi kurash xalqaro kengashi O‘zbekistonning 2024-2028 yillar uchun qabul qilingan Narkotiklarga qarshi milliy strategiyasini giyohvandlikka qarshi kurash sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslarni yana-da mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam, deb hisoblaydi", — dedi Mark Kolxon.

 

Shuningdek, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi direktor o‘rinbosari Jan Lyuk Lemaye ham strategiyaning ahamiyati borasida so‘z yuritib, xalqaro miqyosda giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni hal etishga imkon berishini taʼkidladi.  

 

"O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 – 2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi nafaqat, milliy, balki mintaqaviy va xalqaro miqyosda giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarning hal etilishiga imkon beradigan dolzarb hujjatdir", — dedi Jan Lyuk Lemaye.  

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonning narkotiklarga qarshi strategiyasi eʼtirof etildi | Zamon.uz