Namanganda bog‘cha bolalari qabristonga olib borildi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bolalari qabristonga olib borilgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Rasmiy munosabatga ko‘ra, Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiya xati berilgan.
Biroq 2024 yil 8 may kuni YATT U.M. tomonidan Damas avtomashinasida o‘rindiqlardan ortiqcha bolalarni olib, tuman markazida joylashgan Xotira maydoniga tarbiyalanuvchilari olib borilgan. Xotira maydonidan qaytishda YATT U.M. tomonidan yaqin va bir yo‘nalishda bo‘lganligi uchun so‘roqsiz Tol mozor qabristoniga tarbiyalanuvchilar bilan birga kirilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib YATT U.M. bilan bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan suhbatlashildi. 2024 yil 13 may kuni YATT U.M.ni tushuntirish xati va uning xatti-harakatlariga qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha hujjatlar viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga taqdim qilinadi.







