Rossiya Ukrainaning harbiy aerodromiga hujum qildi
U yerda muhim harbiy amaldorlar guruhi nishonga olingan.

Rossiya Qurolli kuchlari 12 may kuni Ukrainaning Poltava viloyati Mirgorod shahridagi harbiy aerodromga raketa zarbasi berdi.
Zarbadan so‘ng mahalliy aholi kuchli portlash to‘lqinini eshitgan. Shundan so‘ng aerodrom va uning atrofidagi hudud harbiylar tomonidan butunlay to‘sib qo‘yilgan va u yerga ko‘plab tez yordam mashinalari yo‘naltirilgan.
“Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, u yerda muhim harbiy amaldorlar guruhi nishonga olingan”, - deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu aerodromdan Rossiyaning Belgorod viloyatiga zarbalar berish uchun foydalanilgan. Yakshanba kuni Ukraina snaryadi Belgoroddagia 10 qavatli turar joy binosiga tekkan edi va u yerda 15 kishi qurbon bo‘lgan edi.







