Surxondaryoda dahshatli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi
Hodisa “Toshkent-Sherobod” yo‘nalishida yuz bergan.

Voqea 12 may kuni soat 9:50 larda Sherobod tumani Uzunsoy mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 1965 yilda tug‘ilgan haydovchi Tracker mashinasini “Toshkent-Sherobod” yo‘nalishida boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida mashina yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada YTHga yo‘ldagi notekislik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Hodisa oqibatida haydovchi va uning turmush o‘rtog‘i voqea joyida halok bo‘lgan. Mashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan 70, 44 hamda 50 yoshli 3 nafar ayol og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
YTH yuzasidan hozircha rasmiy maʼlumot berilgani yo‘q.







