Toshkentda yerosti issiq suv quvuri yorilib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Taras Shevchenko va Said Baraka ko‘chalari chorrahalarida issiq suv quvuri yorilishi oqibatida suv fontan bo‘lib otilgani haqida xabar tarqaldi.
Mirobod tuman hokimligining maʼlum qilishicha, Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ishlar issiq suv taʼminotini o‘chirmasdan amalga oshirilmoqda.
Quvurning shikastlanishi sinovlar davomida yuz bergan. Veolia Energy Tashkent Mirobod tumani filiali xodimlari tomonidan ushbu muammo bartaraf etilgan.







