Farg‘onada Milliy gvardiya xodimi o‘quvchilarga tarsaki tushirdi — video
Xodim ishdan bo‘shatilgani maʼlum qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Milliy gvardiya xodimi o‘quvchilar yuziga tarsaki tushirayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum bo‘lishicha, voqea Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida joylashgan 49-maktabda sodir bo‘lgan. Hozirda tasvirdagi Milliy gvardiya xodimi ishdan olingan.
“Mazkur holat yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va videotasvirda aks etgan xodim hozirda egallab turgan lavozimidan chetlashtirilganligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.







