Ozodbek Nazarbekov og‘ir judolikka uchradi
O‘zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning otasi Ahmad Nazarbekov vafot etdi.

Maʼlum qilinishicha, Ahmad Nazarbekov bugun, 14 may kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 75 yoshida olamdan o‘tgan.
Marhumning janozasi bugun, Andijon viloyati Shahrixon tumanida, yaʼni Ozodbek Nazarbekovning ota hovlisida bo‘lib o‘tadi.
Zamon.uz jamoasi Ozodbek Nazarbekov va uning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.







