O'zbekiston

Qirg‘izistonda O‘zbek kinosi kunlari o‘tkaziladi

Aksiya doirasida “Sabot”, “O‘zbek qizi”, “Abdulla Oripov” filmlari namoyish etiladi.

Qirg‘izistonda O‘zbek kinosi kunlari o‘tkaziladi

15–17 may kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “O‘zbek kinosi kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Aksiya doirasida Bishkekning “Rossiya” kinoteatrida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Sabot”, “O‘zbek qizi”, “Abdulla Oripov” filmlari namoyish etiladi.

 

Shuningdek, Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Xo‘jayev, O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov, rejissyorlar Rashid Malikov, Elyor Ishmuhammedov, taniqli aktrisalar Nigora Karimboyeva va Feruza Saidovalardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

 

Dastur yakunida esa delegatsiyaning “Ak-Ilbirs” Milliy kino mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qirg‘izistonda O‘zbek kinosi kunlari o‘tkaziladi | Zamon.uz