O'zbekiston

"Qiz bolani o‘qitmaslik kerak, degan stereotiplarga barham berilmoqda" — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Samarqanddagi Osiyo xotin-qizlari forumida qizlar ilg‘or sohalarga faol kirib kelayotganini alohida taʼkidladi.

"Qiz bolani o‘qitmaslik kerak, degan stereotiplarga barham berilmoqda" — Tanzila Narbayeva

2024 yilning 13−14 may kunlari Samarqand shahrida "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Forumda 30 dan ziyod mamlakat va xorijiy tashkilotlarning 400 nafarga yaqin vakillari hamda ekspertlar ishtirok etmoqda. Xususan, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, "BMT ayollar" tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus, Parlamentlararo ittifoqning Bosh kotibi Martin Chungong va boshqalar qatnashmoqda.

 

Tadbirning 13 may kuni ochilish marosimida nutq so‘zlagan Senat raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekistonda ayollar hayoti va faoliyatiga doir amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan xotin-qizlar taʼlimiga qaratilayotgan eʼtibor haqida ham so‘z yuritdi.

 

"Ayol rahbar kadrlarning yangi avlodini shakllantirishda avvalo, ularning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishga eʼtibor qaratdik. Bugungi kunda xotin-qizlarga taʼlim, ilm-fan bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Ayollar uchun imtiyozli kreditlar, maxsus kvotalar ajratildi, magistraturada o‘qiydiganlarning kontrakt to‘lovlari to‘liq davlat byudjetidan qoplab berilishini davlat o‘z zimmasiga oldi. Natijada, bugungi kunga kelib qiz bolani o‘qitmaslik, uyda o‘tirishi kerak degan stereotiplarga barham berilmoqda", — dedi u.

 

Yuqori palata rahbarining qayd etishicha, hozirda oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etmoqda.

 

"Agar oliy taʼlimga qamrovning 2017 yildagi 9 foizni hozirgi 43 foizi qamrov bilan solishtirsak, oliy taʼlimda qizlar ulushi keskin ortganini ko‘rishimiz mumkin.

 

Shuningdek, ayollar shu paytgacha anʼanaviy bo‘lgan taʼlim, tibbiyot, tikuvchilik yo‘nalishlaridan tashqari raqamli iqtisodiyot, informatsion texnologiyalar kabi ilg‘or sohalarga faol kirib keldi. Albatta kelajakda bu ishlar yana-da faollashtiriladi va o‘zning ijobiy natijasini beradi", — deya qo‘shimcha qilgan Narbayeva.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"Qiz bolani o‘qitmaslik kerak, degan stereotiplarga barham berilmoqda" — Tanzila Narbayeva | Zamon.uz