Toshkentda 4 ta mashina to‘qnashib ketdi
Matiz ag‘darilib ketishi oqibatida 2 kishi jarohat oldi.

13 may kuni soat 18:00 atrofida Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 4 ta mashina — Matiz (taksi), Lacetti, Spark va Isuzu ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, 52 yoshli haydovchi M.T. boshqaruvidagi Matiz (Yandex Go taksi xizmati avtomobili), 26 yoshli A.A. boshqaruvidagi Lacetti, 42 yoshli R.A. boshqaruvidagi Spark va 28 yoshli S.D. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu yuk mashinasi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida 2 fuqaro jarohat olgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







