Lifestyle

Fransiyada qo‘ylar maktabga yuborildi

Maktabda o‘quvchi tanqisligi kuzatilmoqda.

Fransiyada qo‘ylar maktabga yuborildi

Mamlakatning Monzel shahrida bir guruh ota-onalar farzandlarining maktabi yopilmasligi uchun 4 ta qo‘yni o‘qishga yuborishdi.

 

Gap shundaki, Fransiya qonunchigida bitta maktab uchun minimal o‘quvchilar soni 98 ta etib belgilangan. Ammo mahalliy aholining farzandlari o‘qiydigan joyda o‘quvchi yetishmovchiligi kuzatilib, ular 94 ta edi.

 

Maktab yopilib ketishidan xavotir olgan ota-onalar 4 ta qo‘yni alohida ism-familiya va yoshi bilan ro‘yxatdan o‘tkazib, maʼlumotlarni taʼlim vazirligiga yuborishgan.

 

Bolalar bundan xursand bo‘lishdi, ammo rahbariyatga tashabbus yoqmadi. Shu sabab hayvonlarni muassasa hududidan olib chiqish buyurilgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"