O'zbekiston

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadini bildirdi.

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

 

Davlat rahbari hosil yig‘im-terimi qizg‘in kechayotgan kunlarda qashqadaryoliklar bilan uchrashib turganidan mamnunligini bildirdi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarini O‘zbek tili bayrami bilan tabriklab, Qashqadaryo farzandi, O‘zbekiston Qahramoni va davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovni yodga oldi.

 

Prezident bir necha yil avval eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri bo‘lgan Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilinganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, bu natijaga erishish uchun aniq hisob-kitoblar mavjud.

 

“Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib, tadbirkor, investor, yoshlarning ko‘zlaridagi shijoatni ko‘rib, juda katta kuch oldim”, — dedi davlat rahbari.

 

Yig‘ilishda “Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergashevning energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati ham tilga olindi. Tadbirkorning 2028-yilgacha yana 30 ming kishini ish bilan ta’minlash, ayniqsa, ayollar uchun ko‘proq imkoniyat yaratish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

 

Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, Qamashi tumanidagi Chim mahallasida limonchilikni rivojlantirib, aholi daromadlarini oshirishga hissa qo‘shayotgan Abdumannop Xudoyberdiyevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni berilishi aytildi.

 

Qashqadaryoda ma’rifatni targ‘ib qilayotgan “Mutolaa” loyihasi bosh muharriri Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Bundan tashqari, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov va E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovg‘a qilinishi ma’lum qilindi.

 

Davlat rahbari ushbu mukofotlarni yig‘ilishning o‘zida topshirishni taklif etdi.

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Georama” nashriyoti asoschisi va “Euronews” muxbiri O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolari bo‘ldi.

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Tug‘ilgan kundan qolgan ovqat fojiasi: Xorazmda ona va uch farzandi vafot etdi

Ularda tug‘ilgan kun marosimidan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganidan so‘ng zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

“Omborchi” va “kimyogar” qo‘lga tushdi: Buxoroda narkolaboratoriya fosh etildi

Ikki fuqaro narkolaboratoriya tashkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

2018-yilda rekord, keyingi yillarda pasayish: nikohlar statistikasi

O‘zbekistonda nikohlar soni ketma-ket to‘rt yildan beri kamaymoqda.

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

Polshaga ishga yuborish uchun 10,4 ming dollar: MCHJ rahbari ushlandi

U to‘rt nafar fuqaroni Polshaga mavsumiy ishga yuborish evaziga pul talab qilgan.

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Dunyo pasportlari reytingi yangilandi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda 9 pog‘onaga pasaydi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.