O'zbekiston

Prezident “Coca Cola” bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Prezident “Coca Cola” bosh direktori bilan uchrashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni “Coca Cola” kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Uchrashuvda “Anadolu Group” kompaniyasi raisi Tunjay O‘zilxon ham ishtirok etdi.

 

“Coca Cola” alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, faoliyati 200 dan ortiq mamlakat bozorini qamrab oladi, 200 dan ziyod brend va 950 dan ortiq ishlab chiqarish korxonasiga ega.

 

Kompaniyaning O‘zbekistondagi eksklyuziv hamkori – “Coca Cola İçecek” Turkiyaning “Anadolu Group” tarkibiga kiradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda kompaniyaning Toshkent, Urganch va Namangan viloyatidagi 3 ta zavodi faoliyat yuritmoqda.

 

Uchrashuvda oziq-ovqat sohasidagi, shu jumladan “yashil” yechimlarni, energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikning ijobiy surʼati qayd etildi. Bugun Samarqand viloyatida yangi korxona ishga tushirildi. 2025 yilda Namangan viloyatida beshinchi zavod foydalanishga topshiriladi.

 

Innovatsion faoliyat va tadqiqotlarni rivojlantirish, muhandislar va soha mutaxassislarini tayyorlash muhimligi taʼkidlandi. Investitsiya dasturini yana-da kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, materiallar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

 

Davlat rahbari istiqbolli loyihalarni tezlashtirilgan holda amalga oshirish bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishni topshirdi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"