O'zbekiston

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari 39,5 foizga oshdi: 10 oyda 23,6 trln so‘m ajratildi

Ajratilgan mablag'larning asosiy qismi birlamchi uy-joy bozoriga yo‘naltirilgan.

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari 39,5 foizga oshdi: 10 oyda 23,6 trln so‘m ajratildi

 

2026-yilning yanvar–oktabr oylarida tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga jami 75,8 mingta ipoteka krediti ajratildi. Kreditlarning umumiy hajmi 23,6 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,5 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

 

Ajratilgan ipoteka kreditlarining asosiy qismi birlamchi uy-joy bozoriga yo‘naltirilgan. Ushbu segmentda 17,4 trln so‘mlik kredit berilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 42 foizni tashkil etgan. Ikkilamchi uy-joy bozori uchun esa 6,2 trln so‘m kredit ajratilgan. Bu ko‘rsatkich 33 foizga oshgan.

 

Kreditlarning 12,2 trln so‘mi erkaklarga, 11,4 trln so‘mi ayollarga to‘g‘ri kelgan. Bir yil ichida erkaklarga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 20,9 foizga, ayollarga ajratilgan kreditlar esa 67 foizga oshgan.

 

Yoshlar uchun ajratilgan ipoteka kreditlari soni 22,3 mingtaga yetib, 36,5 foizga ko‘paygan. Ushbu kreditlarning umumiy qiymati 7,2 trln so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42,9 foizga ko‘p.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: 20-noyabr tongida “yashil” daraja bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: 20-noyabr tongida “yashil” daraja bo‘ladi

Bunga tunda shamol kuchayishi va havo almashinuvi yaxshilanishi sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Olti bob va xotimadan iborat kitobda «Davlat — inson uchun» va «Inson qadri uchun» tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat taraqqiyotining ustuvor vazifalari hamda davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan.

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari ishtirokida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilmoqda.

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Yil davomida vizasiz bo‘lish muddati jami 180 kundan oshmasligi lozim.

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Toshkentda ko‘chalardagi ichimlik suvi sotadigan avtomatlardagi pullarni o‘g‘irlash holatlari aks etgan videolar tarqaldi.

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Hozirda korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish masalasida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot berilishi shart.

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Noqulay ob-havo elektr uzatish tarmog‘i tayanchlaridan birining qulashiga sabab bo‘ldi.