O'zbekiston

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Olti bob va xotimadan iborat kitobda «Davlat — inson uchun» va «Inson qadri uchun» tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat taraqqiyotining ustuvor vazifalari hamda davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan.

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi islohotlari, ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, inson qadriga asoslangan taraqqiyot modeli hamda xalqaro tinchlik va hamkorlikka oid tashabbuslari keng jamoatchilikka tanishtirildi.

 

Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov,  Iordaniya Jahon islom ilmlari va ta’lim universiteti prezidenti Ja’far al-Mag‘ribiy al-Fanatisa, O‘zbekistonning Iordaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov, shuningdek, ikki mamlakatning nufuzli olimlari, diniy soha vakillari hamda tadqiqotchilari qatnashdi. Shuningdek, Iordaniya parlamenti — Majlis al-Umma a’zolari, davlat va jamoat arboblari, siyosatchilar, biznes doiralari vakillari, tahlil markazlari ekspertlari hamda arab ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

 

 

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi — arab tilida

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” asarida mamlakatni modernizatsiya qilish, milliy davlatchilikni mustahkamlash, iqtisodiy salohiyatni yuksaltirish va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishga qaratilgan strategik qarashlari bayon etilgan.

 

Olti bob va xotimadan iborat kitobda «Davlat — inson uchun» va «Inson qadri uchun» tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat taraqqiyotining ustuvor vazifalari hamda davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan.

 

 

 

Asarda zamonaviy xalqaro munosabatlar, global xavf-xatarlar va ularni bartaraf etishda muloqot, bag‘rikenglik, ma’rifat hamda tinchlikning ahamiyatiga ham alohida o‘rin berilgan.

 

Xususan, Prezidentning qarama-qarshiliklar o‘rniga muloqotni, adovat o‘rniga bag‘rikenglikni, zo‘ravonlik o‘rniga tinchlikni ustuvor qo‘yuvchi qarashlari O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq holda yoritilgan.

 

Taqdimotda asarning bugunga qadar arab, ingliz, italyan, rus va urdu tillariga tarjima qilingani, uning xorijiy kitobxonlar uchun O‘zbekistondagi o‘zgarishlar va mamlakatning xalqaro tashabbuslari bilan tanishish imkonini berayotgani ta’kidlandi.

 

Prezident asari bilan birga yana 9 ta nashr taqdim etildi

 

Ammonda «Yangi O‘zbekiston fenomeni» mazmun-mohiyatini ochib beruvchi, arab tiliga tarjima qilingan 9 ta kitob va kitob-albom ham taqdim etildi.

 

Jumladan, «Shavkat Mirziyoyev — jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi» kitob-albomida O‘zbekiston Prezidentining ichki va tashqi siyosatga oid tashabbuslari hamda ularga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan berilgan baholar jamlangan.

 

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik zafarnomasi» kitob-alьbomida O‘zbekistonning istiqlol yillaridagi taraqqiyot bosqichlari, milliy davlatchilikni mustahkamlash va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlari aks ettirilgan.

 

«O‘zbekiston: Uchinchi Renessans — taraqqiyot konsepti» asarida mamlakatning ilmiy-ma’rifiy yuksalishi, Uchinchi Renessans g‘oyasining strategik asoslari va islohotlar mazmun-mohiyati yoritilgan. Ushbu nashrga Pokiston Bosh vaziri Muhammad Shahboz Sharif kirish so‘zi yozgan.

 

«Yangi O‘zbekiston: tinchlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik diyori» kitob-albomi esa millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik siyosatiga bag‘ishlangan.

 

Taqdim qilingan nashrlar Iordaniya kutubxonalariga sovg‘a qilindi. Ammonda O‘zbekistonning ilmiy va sivilizatsiyaviy merosi ham tanishtirildi.

 

Prezident asarining taqdimoti bilan bir qatorda, Iordaniya poytaxtida «O‘zbekiston: sivilizatsiyalar, shaxsiyatlar, kashfiyotlar» kitoblar ko‘rgazmasi hamda «Movarounnahr — asrlar osha taralgan islom sivilizatsiyasi ziyosi» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.

 

Tadbirlar doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro taqdimoti ham o‘tkazildi.

 

Ishtirokchilarga Markazning boy tarixiy merosni saqlash, buyuk allomalarning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasini o‘rganish va ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan faoliyati haqida ma’lumot berildi.

 

Mazkur xalqaro tadbirlarda ikki mamlakatning davlat va jamoat arboblari, diniy soha vakillari, olimlar, tadqiqotchilar hamda boshqa ishtirokchilar qatnashdi. Tashkilotchilar taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, tadbirlar ishtirokchilarining umumiy soni 1 500 nafardan oshdi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan arab tilida tayyorlangan, mamlakatdagi islohotlar va «Yangi O‘zbekiston fenomeni»ga bag‘ishlangan videomateriallar namoyish etildi.

 

Madaniy diplomatiya va ilmiy hamkorlik

 

Ammonda o‘tkazilgan taqdimotlar O‘zbekistonning siyosiy-iqtisodiy islohotlari, tarixiy-madaniy merosi va xalqaro tashabbuslarini arab jamoatchiligiga tanishtirishga qaratildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev asarining arab tilida nashr etilishi Iordaniya va boshqa arab mamlakatlari kitobxonlariga Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi, davlat boshqaruvi islohotlari hamda xalqaro munosabatlarga oid yondashuvlar bilan bevosita tanishish imkonini beradi.

 

 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari rahnamoligida xalq manfaati yo‘lida savob amallar ado etilib, ayniqsa, boy ma’naviy merosni tiklash va e’zozlash borasida ulkan bunyodkorlik ishlari ro‘yobga chiqarilmoqda.

 

O‘zbekiston — shunchaki qadimiy tarixga ega mamlakat emas, balki butun islom ummatining ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutgan, jahon ilm-fani va islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlar yetishib chiqqan muborak zamindir.

 

O‘zbekiston davlati rahbarining diniy ta’lim muassasalarini rivojlantirish, zamonaviy ilm-fan bilan uyg‘un holda malakali diniy mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlari meni hayratga solmoqda.

 

Bugun Yangi O‘zbekistonda islomning asl insonparvarlik mohiyatini, ma’rifat, bag‘rikenglik, tinchlik va ezgulik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga katta ahamiyat berilayotgani qalbimda masrurlik hissini uyg‘otmoqda, - dedi Iordaniya Bosh muftiysi Ahmad al-Hasanot.

 

Islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti va ilmiy anjumanlar esa O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida tarixiy merosni o‘rganish, tadqiqotlar olib borish hamda madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish uchun muloqot maydoni bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga bag‘ishlangan qator asarlar taqdimoti doirasida o‘tkazilayotgan ilmiy uchrashuvlarda o‘ziga xos hikmat bor.

 

Avvalombor, ilmiy-akademik va madaniy hamkorlik rishtalarini mustahkamlash orqali barcha tafovutlarni yengib o‘tib, xalqlarning bir-birini boyitishi mumkinligini ko‘rsatadi.

 

Muhimi, asarda ta’kidlanganidek, insoniyat nizolar o‘rniga hamkorlikni, qo‘rquv o‘rniga bilimni, adovat o‘rniga o‘zaro ishonchni tanlagan taqdirdagina barqaror taraqqiyotga erishishi mumkin. Ishonchim komilki, O‘zbekiston Prezidenti ilgari surayotgan ushbu g‘oyalar inson tafakkurining bepoyon ummoniga quyiluvchi qudratli daryo kabi, uning yangi sarhadlarini ochishga, ezgu maqsadlar sari yo‘naltirishga xizmat qiladi, - dedi Al ul-Bayt universiteti vitse-prezidenti, professor, doktor Hani Axurshida.

 

Shuningdek, tadbir doirasida “O‘zbekiston: sivilizatsiyalar, shaxsiyatlar, kashfiyotlar” nomli kitoblar ko‘rgazmasi, “Movarounnahr – asrlar osha taralgan islom sivilizatsiyasi ziyosi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro taqdimoti o‘tkazildi.

 

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov o‘z chiqishida mazkur majmuaning Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va mualliflik g‘oyasi asosida bunyod etilgani, Uchinchi Renessans konsepsiyasi uning ekspozitsiyalarida o‘z ifodasini topganini qayd etdi:

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi – bu, eng avvalo, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va mualliflik g‘oyasi asosida amalga oshirilgan ulkan ma’rifiy loyihadir. Davlatimiz Rahbari 2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan tashabbuslarida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini keng targ‘ib etish zarurligini ta’kidlagan edi. Markaz ana shu ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etish, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish va uni jahonga tanitishga xizmat qiladi.

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari ishtirokida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilmoqda.

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Yil davomida vizasiz bo‘lish muddati jami 180 kundan oshmasligi lozim.

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Toshkentda ko‘chalardagi ichimlik suvi sotadigan avtomatlardagi pullarni o‘g‘irlash holatlari aks etgan videolar tarqaldi.

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Hozirda korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish masalasida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot berilishi shart.

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Noqulay ob-havo elektr uzatish tarmog‘i tayanchlaridan birining qulashiga sabab bo‘ldi.

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Guruh a’zolari ikki fuqaro o‘rtasidagi qarz munosabatiga aralashib, 11 ming dollarni zo‘ravonlik bilan qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

O‘zbekistonda pul belgilaridagi yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi belgilandi.