O'zbekiston

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: bugun “yashil” daraja kutilmoqda

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: bugun “yashil” daraja kutilmoqda

 

20-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrida atmosfera havosi sifati yaxshilandi. Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha kechki soatlarda dastlab “sezgir guruhlar uchun nosog‘lom”, keyinchalik esa “o‘rtacha” daraja kuzatildi. Milliy indeks bo‘yicha esa dastlab “sariq”, tunning asosiy qismida “yashil” daraja qayd etildi.

 

Ma’lum qilinishicha, kechki soatlarda kuchsiz shamol mahalliy va qo‘shni hududlarda shakllangan tashlamalar hamda PM zarrachalarining tarqalishini cheklagan. Soat 22:00 dan keyin havo almashinuvi yaxshilanishi natijasida PM zarrachalari miqdori kamayib, havo sifati yaxshilangan.

 

Shuningdek, Ekologik monitoring milliy markazi mutaxassislari Toshkent shahri va Qibray tumanida havo sifati bo‘yicha instrumental o‘lchovlar o‘tkazgan.

 

Prognozlarga ko‘ra, 20-noyabr kuni poytaxtda havo sifati kunduzgi va kechki soatlarda xalqaro AQI bo‘yicha “o‘rtacha”, milliy indeks bo‘yicha esa “yashil” darajada bo‘lishi kutilmoqda.

Endi pensiyaga muddatidan oldin chiqish uchun idorama-idora yurish shart emas

Endi pensiyaga muddatidan oldin chiqish uchun idorama-idora yurish shart emas

Korxona tugatilishi yoki shtatlar qisqarishi sababli ishsiz qolgan fuqarolar pensiyaga chiqish uchun onlayn ariza berishi mumkin.

36 ming dollarlik opiy savdosi fosh etildi: uch viloyatda narkotik moddalar bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

36 ming dollarlik opiy savdosi fosh etildi: uch viloyatda narkotik moddalar bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Qashqadaryodagi YPX maskanida tekshirilgan avtomobil yo‘lovchisidan 327 gr opiy va 127 gr gashish topilgan.

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari 39,5 foizga oshdi: 10 oyda 23,6 trln so‘m ajratildi

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari 39,5 foizga oshdi: 10 oyda 23,6 trln so‘m ajratildi

Ajratilgan mablag'larning asosiy qismi birlamchi uy-joy bozoriga yo‘naltirilgan.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: 20-noyabr tongida “yashil” daraja bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: 20-noyabr tongida “yashil” daraja bo‘ladi

Bunga tunda shamol kuchayishi va havo almashinuvi yaxshilanishi sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Iordaniya poytaxti Ammon shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli fundamental asari arab tilida taqdim etildi

Olti bob va xotimadan iborat kitobda «Davlat — inson uchun» va «Inson qadri uchun» tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat taraqqiyotining ustuvor vazifalari hamda davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan.

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Toshkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi boshlandi

Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari ishtirokida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilmoqda.

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Yil davomida vizasiz bo‘lish muddati jami 180 kundan oshmasligi lozim.

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Toshkentda ko‘chalardagi ichimlik suvi sotadigan avtomatlardagi pullarni o‘g‘irlash holatlari aks etgan videolar tarqaldi.