Slovakiya bosh vaziriga suiqasd qilindi
U ayni damda kasalxonaga yotqizilgan.

Ommaviy axborot vositalari Slovakiya hukumati majlisi bo‘lib o‘tayotgan binoda otishma sodir bo‘lgani haqida xabar bermoqda. Otishmada bosh vazir Fitso yaralangan, hujumchi qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, otishma Slovakiya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan keyin, bosh vaziz Fitso chiqish qilgan paytda yuz bergan. U ayni damda kasalxonaga yotqizilgan.
Otishma qanday maqsadda qilingani hozircha maʼlum emas.







