Jahon

Yevropa Ittifoqi migratsiya islohoti bo‘yicha qonunni tasdiqladi

Qonun boshpana berish qoidalarini sezilarli darajada kuchaytirishni nazarda tutadi va Yevropa Ittifoqiga noqonuniy immigratsiyani cheklashi kutilmoqda.

Yevropa Ittifoqi migratsiya islohoti bo‘yicha qonunni tasdiqladi

Islohot nisbatan xavfsiz mamlakatlardan kelgan muhojirlar uchun qoidalarni kuchaytiradi, shuningdek, hujjatsiz muhojirlar boshpana so‘rovlari ko‘rib chiqilayotganda joylashtiriladigan chegara markazlarini yaratishni talab qiladi. Mezonlarga javob bermaganlar hozirgidan ancha tezroq deportatsiya qilinadi.

 

Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fezerning aytishicha, taʼqibdan qochgan odamlar hali ham boshpana olishlari mumkin, biroq hujjat “himoyaga muhtoj bo‘lmaganlar” Germaniyaga kela olmasligi yoki ularning mamlakatdan tezroq chiqarib yuborilishini aniq ko‘rsatish uchun qabul qilingan.

 

Qonun Yevroparlamentga saylovlardan bir oy oldin qabul qilindi. Yevropa Ittifoqida muhojirlar va qochqinlar sonining ortib borayotgani, shuningdek, ularga boshpana berilishi saylov kampaniyasining asosiy mavzularidan biri hisoblanadi.

 

Yangi qoidalar Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilganidan keyin kuchga kiradi. Yevropa Ittifoqi davlatlari esa ikki yil ichida milliy qonunchiligini unga muvofiqlashtirishga majbur bo‘ladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yevropa Ittifoqi migratsiya islohoti bo‘yicha qonunni tasdiqladi | Zamon.uz