Andijonda Lacetti piyodani urib yubordi
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hodisa 2024 yil 13 may kuni soat 15:00 lar atrofida Paxtaobod tumani “To‘pabjuvoz” MFY hududidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan.
2001 yilda tug‘ilgan X.J. Lacetti‘ni tartibga solingan chorrahada svetoforning “yashil” chirog‘ida boshqarib ketayotib, piyodalar yo‘lakchasidan keskin o‘tib yuborgan 1983 yilda tug‘ilgan B.D.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda “o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi” bilan bog‘liq tan jarohati olgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







