O'zbekiston

Bozorda sotuvchilar va Milliy gvardiya xodimi mushtlashib ketdi — video

Mojaroda kim haq? Holat yuzasidan Milliy gvardiya Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi izoh berdi.

Bozorda sotuvchilar va Milliy gvardiya xodimi mushtlashib ketdi — video

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 15 may kuni soat 11:00 larda “Farhod” dehqon bozori hududida sodir bo‘lgan. Unda bozor maʼmuriyati chaqiruviga asosan Milliy gvardiya va profilaktika inspektori yetib kelib, noqonuniy yer usti savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borishgan.

 

Ular qatorida qulupnay sotayotgan va ushbu bozorda muntazam janjal keltirib chiqarishda nom taratgan fuqaro G.S. va B.M.lar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, atrofdagilar eʼtiborini o‘zlariga qaratgan holda janjal ko‘tarishgan.

 

Milliy gvardiya va profilaktika inspektorining ogohlantirishiga qaramasdan, jamoat joyidagi yurish-turish qoidalarini mensimagan ushbu fuqarolar esa o‘rnatilgan tartibda hududiy profilaktika inspektorining xizmat xonasiga olib borilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, ushbu shaxslarga nisbatan MJtKning 183- “Mayda bezorilik” va 194-1-“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik” moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir qilganliklari yuzasidan, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudiga yuborildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Bozorda sotuvchilar va Milliy gvardiya xodimi mushtlashib ketdi — video | Zamon.uz