O'zbekiston

Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi

Ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, sanʼat muxlislarini qizg‘in tabrikladi.

Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi

Toshkent shahrida milliy estrada sanʼati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, sanʼat muxlislarini qizg‘in tabrikladi.

 

– Bugun o‘ziga xos sanʼat va madaniyat bayrami. Ushbu quvonchli voqea bilan siz, azizlarni, rahmatli Botir Zokirovning yaqinlari va muxlislarini, butun xalqimizni samimiy muborakbod etaman, - dedi Prezident.

 

Botir Zokirov 1936 yilda sanʼatkorlar oilasida tug‘ilib, voyaga yetgan. 29 yoshida O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. 2000 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” va 2021 yilda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan.

 

Davlat rahbari xonandaning benazir isteʼdod va insoniy fazilatlarini eʼtirof etdi. 

 

Botir Zokirov juda qisqa – 49 yil umr ko‘rgan. Lekin shu yillar davomida o‘zidan rang-barang va boy ijodiy meros qoldirgan. Uning sehrli ovozi yurtimizdagi har bir xonadonga kirib borib, xalqimiz qalbidan, sanʼatimizning oltin fondidan joy olgan. Dunyoning madaniyat poytaxtlarida o‘zbek sanʼatini zo‘r muvaffaqiyat bilan namoyish etgan.

 

Xonanda 1955 yilda, ayni kuchga to‘lgan paytida og‘ir dardga yo‘liqadi. Bir necha marta jarrohlik amaliyotlarini boshidan o‘tkazadi. Shifokorlar unga qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yadi. Lekin shu ahvolda ham ijoddan, kuylashdan to‘xtamaydi. 

 

Botir Zokirov umr bo‘yi yangilikka intilib yashardi. Sharq folklori va zamonaviy estrada sanʼatini uyg‘unlashtirib, “Myuzik xoll” ijodiy jamoasini tashkil etgan, xonanda va kompozitor sifatida ko‘plab isteʼdodli yoshlarga ustozlik qilgan. Respublikamizda xizmat ko‘rsatgan “Yalla” ansamblining tashkil topishida Botir Zokirovning xizmatlari beqiyosdir.

 

Buyuk sanʼatkorning so‘nmas xotirasini eʼzozlash, ijodiy merosini o‘rganish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda. Xususan, Prezident qarori qabul qilinib, 2021 yilda Botir Zokirovning 85 yillik tavallud ayyomi keng nishonlandi. Ulug‘ hofiz nomidagi milliy mukofot taʼsis etildi. U haqda ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli film va spektakllar yaratildi. Yaqinda Botir Zokirovning xotira kechasi mamlakatimiz jamoatchiligi hamda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan atoqli sanʼatkorlar ishtirokida katta shodiyona sifatida o‘tkazildi.

 

Botir Zokirov tahsil olgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi joylashgan ko‘chaga u kishining tabarruk nomi berildi. Ushbu konservatoriya huzurida Botir Zokirov nomidagi milliy estrada sanʼati instituti barpo etildi. Endi bu yerda haykal o‘rnatilishi majmuaga yana-da ko‘rk bag‘ishladi.

 

– Bu haykal Botir Zokirov xotirasiga o‘rnatilgan ramziy bir timsoldir. Ayni paytda Yangi O‘zbekistonda madaniyat va sanʼatni ravnaq toptirish yo‘lida olib borayotgan barcha islohotlarimiz va ularning amaliy natijalari bu ulug‘ ijodkorga eng munosib yodgorlik bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari. 

 

Botir Zokirov ijodiy fenomeni milliy sanʼatimiz tarixida butun bir davrni tashkil etishi taʼkidlandi. Uning boy merosini chuqur o‘rganish va xalqqa yetkazish ishlarini davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga alohida qaror tayyorlash topshirildi. Unda Toshkent shahrida sanʼatkorning memorial muzeyini barpo etish, estrada sanʼati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlov va talabalar uchun davlat stipendiyasi joriy etish, badiiy film yaratish, Milliy estrada simfonik orkestri faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalar ko‘zda tutiladi.

 

Marosimda Botir Zokirovning izdoshlari, sanʼat va madaniyat namoyandalari so‘zga chiqdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi | Zamon.uz