Toshkentdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi
Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Joriy yil 15 may kuni soat 14:37 atrofida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 209-sonli umumtaʼlim maktabi binosining ikkinchi qavatidagi elektr energiyasi uzatish tarmog‘ida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga yong‘inga qarshi kurash va o‘t o‘chirish bo‘linmasi xodimlari yetib kelgan va yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyda hech kim jabrlanmagan va maktab talafot ko‘rmagan.







