O'zbekiston

Atrof-muhitni muhofaza qilishda jamoatchilikning roli qanday?

Toshkentda 31-Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan “Fuqarolarning ekologik huquqlarini targ‘ib qilish va himoya qilishda ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilishda jamoatchilikning roli qanday?

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosining inson huquqlari bo‘yicha xodimi Pavel Bialik, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi diplomatik bo‘limi rahbari Aleksandr Sherer, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining Axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Lola Rahmonboyeva, "Aral Wetlands" loyihasining 4-komponenti rahbari Murod Nasirov, ekologlar, OAV vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

 

Seminar davomida O‘zbekistondagi asosiy ekologik muammolar, ularni yoritishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar, bu borada hukumatning fuqarolik jamiyati bilan yana-da samarali hamkorlik qilishi kabi masalalar muhokama qilindi.

 

slider

 

Tadbirda nutq so‘zlagan Akmal Saidov Prezident Shavkat Miziyoyev rahnamoligida ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni alohida taʼkidladi. Xususan, Butunjahon ekologik Xartiyasining qabul qilinishi, “Yashil Makon” milliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt ko‘chati ekilishi, BMT Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasini “ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” deb eʼlon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasining qabul qilinishi va boshqa islohotlarni qayd etdi.

 

Shuningdek, 2023 yil iyul oyida qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi moddalari ham alohida taʼkidlandi. Xususan, 49-moddada har bir fuqaroning qulay atrof-muhit va uning holati to‘g‘risida ishonchli maʼlumot olish huquqi mustahkamlangan, 61-moddaga ko‘ra esa har bir fuqaro atrof-muhitni muhofaza qilishga majburdir. Yashil iqtisodiyotga o‘tish va atrof-muhitni muhofaza qilish hukumatning ustuvor yo‘nalishi deb eʼlon qilingani alohida taʼkidlandi.

 

slider

 

"Bugungi kunda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda suvni tejovchi va energosamarador texnologiyalarni tatbiq etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, ekologik toza transportlar sonini oshirish va yashil maydonlarni ko‘paytirish orqali “yashil o‘sish” tamoyillari integratsiyasi ustida ish olib bormoqda. Shu bilan birga, biz ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ekologik muammolar muhokamasiga jamoatchilikni keng jalb qilyapmiz. Bu aholining ekologik bilimlarini va ularning atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq muammolardan xabardorligini oshirishga xizmat qiladi", — dedi Lola Rahmonboyeva.

 

Tadbirda O‘zbekistonda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti tashkil etilgani, bu yerda "Ekologik jurnalistika" fakulteti faoliyat yuritayotgani taʼkidlandi.

 

O‘z navbatida, Murod Nasirov ommaviy axborot vositalarida yoritish va jamoatchilik muhokamasi uchun zarur bo‘lgan asosiy ekologik masalalarni aytib o‘tdi. Bularga aholi sonining ko‘payishi tufayli cheklangan resurslar, sanoatning o‘sishi natijasida atrof-muhitning ifloslanishi, biologik xilma-xillikni saqlash kiradi.

 

Tadbir doirasida davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining muloqoti ham bo‘lib o‘tdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilishda jamoatchilikning roli qanday? | Zamon.uz