O'zbekiston

Jizzaxda 3 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

YHXB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Jizzaxda 3 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida uchta yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

 

Maʼlum qilinishicha, 16 may kuni soat 10:30 larda Samarqand va Toshkent shaharlarini bog‘lovchi M-39 avtomobil yo‘lining 978-kilometrida Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 29 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Howo rusumli yuk avtomashinasining tormoz tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan.


Oqibatda o‘zidan oldinda ketayotgan boshqa bir Howo rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Zarba kuchli bo‘lgani tufayli birinchi yuk mashina yo‘l chetiga ag‘darilgan. Shu vaqtda yo‘lning chap tomonida harakatlanib ketayotgan SANY rusumli yuk avtomobili ham ag‘darilib ketgan yuk mashinasi saloniga borib urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.


Mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan. Hozirda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Nukusda kredit qarzi sabab “HOWO” xatlandi

Ijro hujjatiga ko‘ra, fuqaroning bankdan 2,2 mlrd so‘m qarzi bo‘lgan.

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Andijonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino buzdirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro tadbirkorga tegishli joyni noqonuniy ravishda egallab olgan.

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

U fuqarolarga qo‘shma biznes taklif qilib, katta miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olganlikda gumonlanmoqda.

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

Korxona havoga me’yordan 1 533 baravar ko‘p zararli modda chiqargan.

“Zapravka”lar faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin: gaz ta’minotida ustuvorlik kimlarga beriladi?

“Zapravka”lar faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin: gaz ta’minotida ustuvorlik kimlarga beriladi?

“O‘zgidromet” 9–11-noyabr kunlari yomg‘ir, shimoliy va tog‘li hududlarda qor yog‘ishini prognoz qilmoqda.

Toshkent xalqaro muloqot maydoniga aylanadi: BMT sessiyasi o‘tkaziladi

Toshkent xalqaro muloqot maydoniga aylanadi: BMT sessiyasi o‘tkaziladi

Toshkentdagi sessiyada giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, mintaqaviy hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilinadi.

Dron orqali aniqlangan qonunbuzilish: Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish to‘xtatildi

Dron orqali aniqlangan qonunbuzilish: Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish to‘xtatildi

Mutaxassislar tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar 8,9 milliard so‘mga baholandi.

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

U fuqarolarga bergan qarzidan 10 baravar ko‘p pul talab qilganlikda gumonlanmoqda.