O'zbekiston

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

Korxona havoga me’yordan 1 533 baravar ko‘p zararli modda chiqargan.

Chang, oltingugurt dioksidi va uglerod oksidi: Bekoboddagi korxonada ekologik qoidabuzarliklar aniqlandi

 

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida faoliyat yurituvchi “M.K.” korxonasida atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori belgilangan me’yorlardan sezilarli darajada yuqori ekani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Ekopolitsiya xodimlari tomonidan korxonaning elektrda po‘lat eritish va ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmalari faoliyati o‘rganilgan.

 

Laboratoriya tahlillari natijasida elektrda po‘lat eritish bo‘linmasida noorganik chang me’yordan 2,4 baravar, oltingugurt dioksidi 1 533 baravar, uglerod oksidi esa 20 baravar ko‘p chiqarilayotgani tasdiqlangan.

 

Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmasida ham ifloslantiruvchi moddalar miqdori me’yordan yuqori ekani aniqlangan. Xususan, noorganik chang 24,9 baravar, azot dioksidi 2,12 baravar, uglerod oksidi esa 23,3 baravar ko‘p chiqarilgan.

 

Shuningdek, elektrda po‘lat eritish sexidagi chang-gaz tozalash uskunalari samarali ishlamayotgani, buning oqibatida ifloslantiruvchi moddalarning bir qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri atmosferaga chiqib ketayotgani qayd etilgan.

 

O‘rganish davomida korxonada ekologik ekspertiza xulosalari talablari to‘liq bajarilmagani, ayrim ifloslantiruvchi manbalarda avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari o‘rnatilmagani hamda laboratoriya nazorati yetarli darajada tashkil etilmagani ham ma’lum bo‘lgan.

 

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan hisob-kitob qilinib, korxonaga atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun 1 milliard 630 million 920 ming 419 so‘m kompensatsiya to‘lovi belgilangan.

 

Bundan tashqari, korxonaga qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan. Jumladan, chang-gaz tozalash uskunalari filtrlarini to‘liq almashtirish, ularning samaradorligini kamida 95 foizga yetkazish, laboratoriya nazoratini kuchaytirish va asosiy ifloslantiruvchi manbalarga avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish topshirilgan.

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

Biznes taklifi ortidagi firibgarlik: O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

U fuqarolarga qo‘shma biznes taklif qilib, katta miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olganlikda gumonlanmoqda.

“Zapravka”lar faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin: gaz ta’minotida ustuvorlik kimlarga beriladi?

“Zapravka”lar faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin: gaz ta’minotida ustuvorlik kimlarga beriladi?

“O‘zgidromet” 9–11-noyabr kunlari yomg‘ir, shimoliy va tog‘li hududlarda qor yog‘ishini prognoz qilmoqda.

Toshkent xalqaro muloqot maydoniga aylanadi: BMT sessiyasi o‘tkaziladi

Toshkent xalqaro muloqot maydoniga aylanadi: BMT sessiyasi o‘tkaziladi

Toshkentdagi sessiyada giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, mintaqaviy hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilinadi.

Dron orqali aniqlangan qonunbuzilish: Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish to‘xtatildi

Dron orqali aniqlangan qonunbuzilish: Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish to‘xtatildi

Mutaxassislar tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar 8,9 milliard so‘mga baholandi.

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

U fuqarolarga bergan qarzidan 10 baravar ko‘p pul talab qilganlikda gumonlanmoqda.

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

Bankomatlardan pul yechish bilan bog‘liq nizolarni xolisona ko‘rib chiqish bo‘yicha banklar va to‘lov tashkilotlariga talablar eslatildi.

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Hududlarda elektr tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish sababli vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shimoliy va tog‘li joylarda esa qor kuzatilishi mumkin.