Qo‘qonda bolani qo‘rqitmoqchi bo‘lgan erkakka jinoiy ish ochildi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi erkak voyaga yetmagan bolani mashina bagajiga solib, qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lgani xabar qilingandi.
Hozirda sodir bo‘lgan holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olingan.
Qayd etilishicha, bolaning onasining murojaatiga asosan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi taʼminlangan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi. Qo‘qon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.







